Bosniya-Gersegovinada 2-Jahon urushidan qolgan bomba topildi

500 kg og’irlikka ega bo’lgan avia bomba 2-Jahon urushida portlamay qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

1265477
Bosniya-Gersegovinada 2-Jahon urushidan qolgan bomba topildi
saraybosna ucak bombasi1.jpg

 

Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoda 2-Jahon urushidan qolgan bomba topildi.

500 kg og’irlikka ega bo’lgan avia bomba 2-Jahon urushida portlamay qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

5 sentyabr payshanba kuni Sarayevodagi Davlat teleradiokompaniyasi binosining orqa tomonidagi qurilish maydonida tasodifan topilgan bomba mutahassislar tomonidan yo’q qilindi. Ortidan davom etgan inshoot faoliyatlari paytida yana bir bombaning borligi aniqlandi.

Bosniya-Gersegovina federatsiyasi aholini muhofaza qilish organi rahbari Fahriddin Solak ma’lum qilishicha, ikkinchi bomba payshanba kuni topilgan birinchi bomba bilan bir xil xususiyatga ega.

Ta’kidlanishicha, 2-Jahon urushida ushbu hududda nemislarga oid logistika ombori joylashgan.

Angliya mahsuloti bo’lgan ushbu avia bombalar 1944 yil noyabrda Sarayevoga otilgan bombalar ekanligi taxmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar