Terroristlar bilan ESA o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuvda 1 kishi jon berdi

Terroristlar bilan Erkin Suriya Armiyasi o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuvda Erkin Suriya armiyasi a'zolaridan 1 kishi jon berdi.

1262934
Terroristlar bilan ESA o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuvda 1 kishi jon berdi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti va Erkin Suriya armiyasi o’rtasida, tashkilotning Azezning janubiga sizib kirish tashabbusi natijasida kelib chiqqan to’qnashuvda ESA a’zolaridan 1 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 2 kishi tan jarohati oldi. 

YPG/ PYD terror tashkiloti kecha kechqurun Turkiyaning Kilis viloyatining ro’parasida Suriya tuproqlarida o’rin olgan Azezning janubida bosib olgan Meranaz qishlog’idan sizib kirish maqsadida hujum uyushtirdi.

Buning ustiga ESA va terror tashkiloti o’rtasida og’ir qurollar orqali to’qnashuv kelib chiqdi.

Unda ESA a’zolaridan 1 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 2 kishi tan jarohati oldi. 

Undan tashqari Turk Qurolli kuchlari bugun ertalab Tel Rifatdagi YPG/ PKK terror tashkiloti a’zolariga oid mavzelarga qarshi o’q uzdi.

Zaytun novdasi amaliyoti natijasida Afrindan chiqarilgan YPG/ PKK terror tashkiloti, tuman janubidagi Tel Rifat hududini bosib olish ishlarini davom ettirmoqda.

Hududdagi terror tashkiloti ESAning nazoratidagi turar-joy punktlarini tez-tez nishonga olmoqda.



Aloqador xabarlar