AQShning Texas shtatidagi Odessa shahrida otishma sodir bo’ldi

Otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 21 kishi jarohatlangan.

1261667
AQShning Texas shtatidagi Odessa shahrida otishma sodir bo’ldi

 

 

AQShning Texas shtatidagi Odessa shahrida otishma sodir bo’ldi. Otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 21 kishi jarohatlangan.

Ushbu voqea Texas shtatining Midland va Odessa shaharlari orasida joylashgan savdo markazi yaqinida ro’y bergan.

Qurollangan kimligi noma’lum shaxs mashinasida turib atrofdagi insonlarga qarata o’q uzgan.

Midland Politsiya boshqarmasining facebookdagi rasmiy sahifasida ushbu shaxsning o’ldirilganligi ma’lum qilingan.

Politsiya boshqarmasi mahalliy xalqni xavfsiz joylardan chiqmaslikka chaqirdi. Texas Permian jurnalistika universiteti xavfsizlik chora-tadbirlari tufayli vaqtinchalik yopildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi rasmiy sahifasida Adolat vaziridan voqea haqida ma’lumot olganligini ma’lum qildi.

Federal tergov byurosi FBI va xavfsizlik kuchlari voqea yuzasidan qattiq tekshiruv boshlatganligini bildirgan Tramp o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borishini ma’lum qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Odessa , #Texas , #AQSh

Aloqador xabarlar