Mariya Zaharova:"AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari tazyiq vositasidir"

Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova Amerika Qo’shma Shtatlarining Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishi qonunga to'g'ri kelmasligini ma’lum qildi.

1260522
Mariya Zaharova:"AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari tazyiq vositasidir"

 

Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova Amerika Qo’shma Shtatlarining Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishi qonunga to'g'ri kelmasligini ma’lum qildi.

Mariya Zaharova bu so’zlarni poytaxt Moskvada o’tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

U Amerika Qo’shma Shtatlari Rossiya Razvedka bosh boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Britaniyada zaharlanishi tufayli Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etganligiga munosabatini bildirdi.

“Amerika Qo’shma Shtatlarining sanksiyalari faqat Rossiya uchun emas, balki barcha davlatlar uchun qonunga to’g’ri kelmagan tazyiq vositasidir”,-deb aytgan Mariya Zaharova.

Eslatish joizki, Britaniya Skripallarning zaharlanishida Rossiyaning qoʻli borligini ta’kidlamoqda. Rossiya esa, bu ayblovlarni qatʼiyan inkor etib kelmoqda.

“Amerika Qo’shma Shtatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etish bilan ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni saylov kompaniyasi yo’lida qurbon qilmoqda”,-deb aytgan Mariya Zaharova.

Afg’onistondagi vaziyatga to’xtalgan Zaharovaning ta’kidlashicha, Rossiya AQSh va “Tolibon” harakati o’rtasida imzolanishi kutilayotgan tinchlik kelishuvini ta’minlash bo’yicha kafolatchi bo’lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Hindiston bilan Pokiston o’rtasidagi Jammu va Kashmir muammosini hal qilishga bag’ishlangan tashabbuslarni ijobiy baholadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mariya Zaharova , #sanksiya , #AQSh , #Rossiya

Aloqador xabarlar