Indoneziyaning Yava orolidagi yo'lovchi kemasida yong'in sodir bo'ldi

Fojiada 3 kishi halok bo'lgan,13 kishi jarohatlangan, 306 kishi evakuatsiya qilingan.

1258002
Indoneziyaning Yava orolidagi yo'lovchi kemasida yong'in sodir bo'ldi

 

Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Masalembu shahridagi yo'lovchi kemasida yuz bergan yong'in oqibatida uch kishi halok bo'ldi.
Kompas gazetasining xabar berishicha, “KM Santika Nusantara” kemasi Sharqiy Yavaning Surabaya shahridan Borneo orolidagi Kalimantan shahriga yo'l olayotgan bo’lgan.
Kemadan 306 kishi evakuatsiya qilingan. Yong'inda 13 kishi jarohatlangan. Ularga tez yordam ko’rsatish ishlari davom etmoqda.
Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, kemadagi yo’lovchilar ro'yxatida 111 kishining ismi bor. Biroq, kemada jami necha kishining borligi aniq ma’lum bo’lmaganligi uchun qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Kemadagi yong'inning sabablari hozircha aniqlanmagan, tergov davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #kema , #Yava oroli , #Indoneziya

Aloqador xabarlar