Yamanning Aden shahridagi prezidentlik saroyi talon-taroj qilindi

Guvohlarning aytishicha, BAA tomonidan qo’llab quvvatlangan o’tish davri kengashiga qarashli kuchlar Maashik prezidentlik saroyining eshiklarini talon-taroj qilish maqsadida ochib bergan.

1256472
Yamanning Aden shahridagi prezidentlik saroyi talon-taroj qilindi

 

Yamanning Aden shahridagi prezidentlik saroyi talon-taroj qilindi.

Guvohlarning aytishicha, BAA tomonidan qo’llab quvvatlangan o’tish davri kengashiga qarashli kuchlar Maashik prezidentlik saroyining eshiklarini talon-taroj qilish maqsadida ochib bergan.

Saroy olomon tomonidan talon-taroj qilingan. Xatto, saroydagi qimmatbaho ashyolar va mebellar ham olib chiqib ketilgan.

Ba’zi manbalarning yozishicha, prezidentlik gvardiyasi oylik maoshlari to’lanmaganligi uchun xizmat joyini tark etgan. Bundan foydalangan olomon saroyga bostirib kirishga muvaffaq bo’lgan.

Internetda tarqatilgan tasvirlarda Maashik saroyidan mebellar va qimmatbaho buyumlar olib chiqib ketilayotganligini kuzatish mumkin.

Yamanda o’tish davri kengashiga qarashli Hizam Emni bo’linmalari 4 kun davom etgan to’qnashuvlar natijasida 10 avgust kuni Adendagi Maashik prezidentlik saroyi bilan strategik davlat tashkilotlarini ishg’ol qilgan holda shahar nazoratini butunlay qo’lga kiritgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Maashik saroyi , #Aden , #Yaman

Aloqador xabarlar