Trump Rossiyaning G-7ga qaytishining o’rinli ekanligini qayd etdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump Rossiyaning “Katta yettilik” (G-7) ka qaytishining o’rinli ekanligini qayd etdi.

1256156
Trump Rossiyaning G-7ga qaytishining o’rinli ekanligini qayd etdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump Rossiyaning “Katta yettilik” (G-7) ka qaytishining o’rinli ekanligini qayd etdi.

Trump kecha Ruminiya Prezidenti Klaus Iohannis bilan bo’lgan o’zaro uchrashuvdan oldin Oval ofisdan jurnalistlar savoliga javob berdi.

Rossiyani takror G-7 tarkibiga qo’sish orqali guruhni “G-8” formatiga aylantirishni xohlaganligini eslatib o’tgan Trump,

“Rossiyaning ham guruh tarkibiga kirishi o’rinli bo’ladi degan fikrdaman” dedi.

Trump, Rossiyaning G-8 tarkibidan chiqarilish masalasida ham sobiq AQSh Davlat rahbari Barack Obamani aybladi.

AQSh Davlat rahbari o’tgan yilning iyun oyida ham Rossiyani guruh tarkibiga qo’shishning G-7 uchun katta yutuq bo’lishini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Rossiya , #G-7 , #Katta yettilik

Aloqador xabarlar