Isroil, Falastinliklarning boshqa mamlakatlarga ko'chib  ketishini  qo'llab-quvvatlamoqda

Isroil ma'muriyati o'tgan yildan beri Falastinliklarning boshqa mamlakatlarga ko'chib  ketishini   qo'llab-quvvatlaganligi ma'lum qilindi.

1255045

Yedioth Ahronoth gazetasi o'z ismini oshkor qilmagan hukumat mulozimiga asoslanib, Tel-Aviv ma'muriyati G'azodagi Falastinliklarni o'tgan yildan beri boshqa davlatlarga ko'chib  ketishiga  rag’batlantirganini bildirdi.

Uning aytishicha, ushbu tadqiqot bir yil oldin Isroil vazirlar mahkamasida kun tartibiga kelgan va shu nuqtai nazardan Isroilning janubidagi Najaf (Negev) shahrida G'azodan ko'chib o'tishni istaganlar uchun aeroport qurilishi rejalashtirilgan deya qayd etdi.

Isroil, Yaqin Sharqdagi ko'plab davlatning  eshiklarini taqillatib ushbu muhojirlarni qabul qilishini istagan, ammo hozirga qadar ushbu mamlakatlardan hech qanday javob olmaganliklari bildirildi.

Gazetaga ko'ra, faqatgina 2018 yilda 35 ming Falastinlik G'azodan ko'chib ketgan.

Aloqador xabarlar