Kobuldagi to‘y marosimida sodir etilgan portlashda 63 kishi halok bo‘ldi

“Kobuldagi to’yda sodir etilgan terakt barchamizni chuqur larzaga soldi. Bu xalqimizga nisbatan sodir etilgan eng og’ir jinoyatdir”,-deb yozdi Afg’oniston prezidentlik apparati kotibi Sodiq Siddiqiy tvitterdagi sahifasida.

1254198
Kobuldagi to‘y marosimida sodir etilgan portlashda 63 kishi halok bo‘ldi

 

 

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘y marosimida sodir etilgan portlash oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi.      
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 22:40da Kobuldagi “Qasri Dubay” banket zalida yuz bergan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, xudkush terrorchi o‘zini sahna oldida portlatib yuborgan.

Afg’oniston prezidentlik apparati kotibi Sodiq Siddiqiy tvitter orqali teraktni qoraladi.

“Kobuldagi to’yda sodir etilgan terakt barchamizni chuqur larzaga soldi. Bu xalqimizga nisbatan sodir etilgan eng og’ir jinoyatdir”,-deb yozdi Sodiq Siddiqiy tvitterdagi sahifasida.

Poytaxt Kobulda shiya hazara xalqi gavjum yashaydigan hududda sodir etilgan terakt Afg’onistonda joriy yildan buyon sodir etilgan eng qonli terror hujumi bo’ldi.

Portlash Afg‘oniston uchun juda ahamiyatli bir vaqtda, AQSh va “Tolibon” harakati 18 yillik urushni to‘xtatishga yaqin turganda sodir etilgan.

“Tolibon” harakati ushbu voqeani qoralar ekan, teraktga aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #to'y marosimi , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar