Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘y marosimida portlash sodir etildi

Ta’kidlanishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 22:40da Kobuldagi banket zallaridan birida yuz bergan.

1254098
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘y marosimida portlash sodir etildi

 

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘y marosimida portlash sodir etildi.

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi kotibi Nasret Rahimiy bu haqda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 22:40da Kobuldagi banket zallaridan birida yuz bergan. Qurbonlarning aniq soni hozircha ma’lum emas. Ularning soni ko’pligi aytilmoqda.

Guvohlarning ta'kidlashicha, xudkush terrorchi o‘zini sahna oldida portlatib yuborgan.

Portlash Afg‘oniston uchun juda ahamiyatli bir vaqtda, AQSh va “Tolibon” harakati 18 yillik urushni to‘xtatishga yaqin turganda sodir etilgan.

Keyinroq “Tolibon” harakati ushbu teraktga aloqasi yo‘qligini ma'lum qilgan. 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar