Mahmud Abbos bilan Boris Johnson Falastindagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Britaniya Bosh vaziri Boris Johnson bilan telefon orqali muloqat qildi.
Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Britaniya Bosh vaziri Boris Johnson bilan telefon orqali muloqat qildi.
Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra mazkur muloqat chog’ida ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar va Falastindagi oxirgi vaziyatlar qo’lga olingan.
WAFA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotda Mahmut Abbosning xalqaro qoidalarga muvofiq yurtining tinchlikni o’rnatishga tayyor ekanligini belgilab o’tgan holda, Britaniyaning BMTning falastinlik muhojirlarga yordam berish agentligiga (UNRWA) ko’rsatgan ko’magi tufayli Britaniyani maqtaganligiga e’tibor qaratildi.
Johnson esa Britaniyaning Falastin bilan Isroil o’rtasidagi muammoning “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal qilinishini qo’llab-quvvatlashini va Isroilning xalqaro huquqga javob bermaydigan tarzda uy-joylarni yiqitish siyosatini keskin qoralashini qayd etdi.