Rossiyada Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti Moskva oblastidagi Jukovskiy aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir kilometr masofada bo‘lgan makkajo‘xori maydoniga qattiq qo‘nishga majbur bo’lgan.

Rossiya poytaxti Moskvada “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Airbus A-321 yo‘lovchi samolyoti Moskva oblastidagi Jukovskiy aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir kilometr masofada bo‘lgan makkajo‘xori maydoniga qattiq qo‘nishga majbur bo’lgan.
Bu haqda TASS xabar agentligining favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko’ra, layner Simferopolga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 234 yo’lovchi va 7 kishilik ekipaj bo‘lgan, ulardan 6 nafari voyaga yetmagan yosh bolalar hisoblanadi. Voqeada 23 yo’lovchi jarohatlangan. Ulardan 9 nafari yosh bolalar. Jarohatlanganlar shifoxonalarga olib ketilgan.
“Samolyotdan barcha yo’lovchilar evakuatsiya qilindi. Hech qanday buzilish yuz bermagan, yonilg‘i sizib chiqishi holati yo‘q. Halok bo‘lganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, laynerning har ikki dvigateliga qushlar galasi kirib ketgan va fojia ro’y bergan.
Voqea joyida o’t o’chirish xizmati xodimlari ish olib bormoqda. Yo’lovchilarni qutqarish faoliyatlari davom etmoqda.
Aloqador xabarlar

Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli 94 kishi vafot etdi
Joriy yil yanvar oyidan buyon mamlakatda 2 ming 860 kishida vabo kasalligi kuzatilgan.