Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlarda bir kunning o'zida tinch aholidan 15 kishi jon berdi
Suriyada rejim kuchlari va Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi turar-joy punktlariga qarshi kecha ertalabdan kechgacha uyushtirilgan havo hujumlarida jon bergan tinch aholi soni 15 kishiga yetdi.

Suriyada rejim kuchlari va Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi turar-joy punktlariga qarshi kecha ertalabdan kechgacha uyushtirilgan havo hujumlarida jon bergan tinch aholi soni 15 kishiga yetdi.
Muxoliflar tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Asad rejimi Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi Marratinnuman tumani bilan Hama tumanining Latmin qishlog’iga qarshi, Rossiya esa Kefer Zita tumaniga qarshi ertalabdan kechgacha havo hujumlari uyushtirgan.
Harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra ertalab Hamaning Kefer Zita tumanida 5, Latmin qishlog’ida esa 2 jami 7 kishi jon bergan.
Rejim kuchlari bilan Rossiya tomonidan kecha kechqurun uyushtirilgan hujumlar oqibatida esa tinch aholidan 8 kishi jon bergan. Bu orqali jon berganlar soni 15 nafarga yetgan. Ulardan birining harbiy bo’lmagan mudofaa guruhi a’zolaridan ekanligi ham aniqlangan.
Havodan uyushtirilgan og’ir hujumlar davom etar ekan, jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.
Rossiya va Bashar al-Asad rejimi tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi turar-joy punktlariga qarshi o’tgan haftaning boshidan beri quriqlikdan va havodan uyushtirilgan hujumlar oqibatida jon berganlar soni 123 nafarga yetdi.
Suriya inson huquqlari tarmog'i, Suriya rejimi va ularni qo’llab-quvvatlaganlarning Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududiga qarshi shu yilning 26-aprelidan 12-iyuligacha uyushtirilgan hujumlar oqibatida tinch aholidan 157 nafari yosh bola, 111 nafari esa ayol kishilardan iborat bo’lgan holda jami 606 kishining jon berganligini qayd etgandi.
Aloqador xabarlar

Zelenskiy Bahmutga tashrif uyushtirdi
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Bahmut jabhasiga tashrif uyushtirdi.
Perudagi to‘fon 65 kishining umriga zomin bo‘ldi
Ayniqsa poytaxt Limada avj olgan to‘fon, suv toshqinlari yuzasidan yuzlab vayronaga yo‘l ochdi.