Pokiston Havo kuchlariga oid harbiy samolyot qulab tushdi

Fojia oqibatida 17 kishi halok bo’ldi. Bulardan 5 nafari harbiy xodim.

1244599
Pokiston Havo kuchlariga oid harbiy samolyot qulab tushdi

 

Pokiston Havo kuchlariga oid harbiy samolyot Islomobod yaqinlarida qulab tushdi.

Fojia oqibatida 17 kishi halok bo’ldi. Bulardan 5 nafari harbiy xodim.

Pokiston Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, bu voqea Islomobod shahriga 30 km masofada joylashgan Mora Kalu hududida ro’y bergan.

Kundalik harbiy mashg’ulotlar chog’ida mamlakat shimolidagi Ravalpindi shahri samolarida halokatga uchragan samolyot aholi yashaydigan hududga qulab tushgan. Samolyot yerga urilishi bilan portlab ketgan. Atrofdagi uylar yong’indan zarar ko’rgan.

Fojiadan so’ng, Ravalpindi shahridagi harbiy qutqaruv guruhi, 1122 tez yordam guruhi va o’t o’chiruvchilar voqea joyiga yetib kelishgan.

Fojiada 17 kishi halok bo’lgan. Bulardan 5 nafari harbiy xodim bo’lgan. Halok bo’lgan harbiylardan ikki nafari podpolkovnik unvoniga ega ekanligi ma’lum bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #halokat , #harbiy samolyot , #Pokiston

Aloqador xabarlar