IKMM: “Arbilda Turk diplomatni shahid qilgan terroristlarga buyruqni PKK bergan”.

Iroqdagi kurd mintaqaviy ma’muriyatining qayd etishicha, Arbildagi Turk Bosh konsulligi xodimini shahid qilgan hujumni uyushtirishga PKK terror tashkiloti tomonidan buyruq berilgan.

1243408
IKMM: “Arbilda Turk diplomatni shahid qilgan terroristlarga buyruqni PKK bergan”.

Iroqdagi kurd mintaqaviy ma’muriyatining qayd etishicha, Arbildagi Turk Bosh konsulligi xodimini shahid qilgan hujumni uyushtirishga PKK terror tashkiloti tomonidan buyruq berilgan.

Arbildagi Milliy Politsiya idorasi tomonidan yozma ravishda mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra, hujumni uyushtiruvchilar yetakchisi Mazlum Dag’ bilan birgalikda jami 6 kishi qo’lga tushirilgan. Shuningdek, voqeaga qarshi yana bir necha kishi sud tomonidan qabul qilingan qaror ortidan qidirilmoqda.  

Aybdorlarning e’tirofiga ko’ra Turk Bosh konsulligi xodimi o’ldirilgan hududning tinchligini buzishni nishonga olgan Arbildagi terror hujumi bir necha oy oldin Qandilda, Fatih (Botan) degan PKK terror tashkiloti a’zosi tomonidan rejalashtirilgan. Uning e’tirof etishicha 2 nafar Iroq fuqarosi “Turk diplomatning tansoqchisi” degan shubha bilan o’ldirgan.

Arbildagi Milliy Politsiya idorasi yozma ravishdagi bayonoti bilan birga yuqorida qayd etilgan 6 kishining e’tiroflari o’rin olgan tasvirlarni ham xalq bilan bo’lishdi.

Iroqdagi kurd mintaqaviy ma’muriyati, shu yilning 20-iyuli kuni mavzu haqida bergan bayonotida, Turk Bosh konsulligi xodimini shahid qilgan hujumni uyushtirgan terrorist Mazlum Dag’ va unga yordam bergan Muhammad Bisksizning qo’lga tushirilganligini e’lon qilgandi.  

Aytib o’tish joizki 17-iyul kuni Iroqdagi restoranlardan biriga qarshi uyushtirilgan qurolli hujum natijasida Turkiyaning Arbildagi Bosh konsulligida ishlagan diplomatlardan O’sman Ko’se shahid qilinar ekan, 2 nafar Iroq fuqarosi jon bergan.



Aloqador xabarlar