Ukrainada o’tkazilgan parlament saylovidagi ovozlarni sanash ishlari tamomlandi

Ukrainada 21-iyul haftaning yakshanba kuni muddatidan oldin o’tkazilgan parlament saylovidagi ovozlarni sanash ishlari o’z nihoyasiga yetdi.

1243308
Ukrainada o’tkazilgan parlament saylovidagi ovozlarni sanash ishlari tamomlandi

Ukrainada 21-iyul haftaning yakshanba kuni muddatidan oldin o’tkazilgan parlament saylovidagi ovozlarni sanash ishlari o’z nihoyasiga yetdi.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ma’lum qilingan norasmiy natijalarga ko’ra, saylov qutilari butunlay ochilganidan keyin Prezident Vladimir Zelenskiy yetakchiligidagi “Xalq xizmatkori” partiyasi 43.16 foiz ovoz olib, saylovda g’alaba qozongan.

Muxolifat platformasi-Hayot uchun (rossiyaparastlar partiyasi) partiyasi 13.5, sobiq Bosh vazir Yuliya Timoshenkoning “Ona vatan” partiyasi 8.18, sobiq Prezident Petro Poroshenko yetakchiligidagi “Yevropacha birdamlik” partiyasi 8.10, taniqli rok-qo’shiqchisi Svyatoslav Vakarchuk asos solgan “Ovoz” partiyasi esa 6.3 foiz ovoz olgan.

Mazkur natijalarga ko’ra Ukraina parlamentidan 5 ta siyosiy partiya o’rin oldi.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 15 kun ichida natijalar rasmiy ravishda e’lon qilingach, hukumatni tuzish ishlari boshlaydi.

Aytib o’tish joizki Ukrina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shu yilning may oyida prezidentlik vazifasini qabul qilib olganidan keyin Ukraina parlamentini tarqatib, 21-iyul kuni muddatidan oldin saylov o’tkazishni ko’zda tutgan qarornomaga qo’l qo’ygandi.

 



Aloqador xabarlar