Afg'onistonda yana bomba portlatildi va oqibati 10 kishining umriga zomin bo'ldi

Afg'onistonda xalqni to’yga olib ketayotgan transportning yo’liga joylashtirib qo’yilgan bomba portlatildi va oqibati 10 kishining umriga zomin bo'ldi.

1242878
Afg'onistonda yana bomba portlatildi va oqibati 10 kishining umriga zomin bo'ldi

Afg’onistonda yo’l chetiga oldindan joylashtirib qo’yilgan bombaning portlatilishi oqibatida 10 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari 5 kishi tan jarohati oldi.

Mamlakatning sharqida joylashgan Nangarhar viloyati hokimi matbuot kotibi Ataullah Hogyaniyning qayd etishicha, xalqni to’yga olib ketayotgan transportning yo’liga joylashtirib qo’yilgan bomba portlatilgan.    

Oqibatida 10 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari 5 kishi tan jarohati olgan. Jon berganlardan 3 nafarining yosh bola ekanligi aniqlangan.

Tan jarohati olganlar kasalxonaga yetkazib borilar ekan, hujumni hali hanuz hech kim bo’yniga olmagan.


Tanlangan kalimalar: #Afg’oniston , #Nangarhar , #bomba

Aloqador xabarlar