Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh bilan muzokaralarga iliq munosabat bildirdi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qo'shma Shtatlari bilan muzokaralarga  iliq munosabat bildirdi. Bu safar fursatni qo'ldan boy bermaslik kerak  dedi.

1241672
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh bilan muzokaralarga iliq munosabat bildirdi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qo'shma Shtatlari bilan muzokaralarga  iliq munosabat bildirdi. Bu safar fursatni qo'ldan boy bermaslik kerak  dedi.

Eronning rasmiy agentligi IRNAga  xabar berishicha, Ruhoniy poytaxt Tehronda kabinet yig’ilishida so'zlagan nutqida

"Bu hukumat muzokaralar fursatin qo'ldan boy bermaydi. Mamlakatni boshqarish uchun javobgarligim bor,  muammolarni hal qilish uchun adolatli, qonuniy va sharafli muzokaralarga tayyormiz." dedi.

Buning bilan birgalikda muzokara nomidan  stolga taslim bo’lgan bir shaklda o’tirmaymiz degan Ruhoniy, boshqarib kelgan 11- hukumat birinchi kundan beri siyosiy  sohada  kelishuv ehtimoli bo’lgan  va  bosh berk ko’chaga kirib qolgan masalalarni yechish uchun sa’y- harakat qilganini bildirdi.

AQSh, 2015da imzolangan yadroviy kelishuvdan chekilib, 2018- yili 8- mayda Eronga qarshi kengaytirilgan sanksiyalar tatbiq eta boshlagan edi.

Eron lideri Ayatulloh Ali Xamaney, o’tgan oy, Yaponiya  Bosh vaziri Abe Shinzo bilan uchrashuvida, Eron hech  bir shaklda AQShga ishonmaganini ifodalab,

“ AQSh bilan yadroviy kelishuv doirasida boshimizdan o’tgan yomon tajribalar tufayli  hech qachon muzokaralarning  takrori bo’lmaydi ",-  degan edi.


Tanlangan kalimalar: #Muzokara , #AQSh , #Eron

Aloqador xabarlar