Ukrainada, Zelenskiy yetakchiligidagi partiya 43.9 foiz ovoz oldi

Ukrainadagi muddatidan oldingi parlament saylovida Prezident Vladimir Zelenskiy yetakchiligidagi “Xalq xizmatkori” partiyasi 43.9 foiz ovoz oldi.

Ukrainada, Zelenskiy yetakchiligidagi partiya 43.9 foiz ovoz oldi

Ukrainadagi muddatidan oldingi parlament saylovida Prezident Vladimir Zelenskiy yetakchiligidagi “Xalq xizmatkori” partiyasi 43.9 foiz ovoz oldi.

Mamlakatda kecha bo’lib o’tgan saylovda, ovoz berish ishlari o’z nihoyasiga yetdi.

Vladimir Zelenskiy prezident etib saylanganidan keyin parlamentni tarqatib yuborar ekan ortidan kecha, 21-iyul kuni 22 ta partiyaning ishtirokida saylov bo’lib o’tdi. Mazkur saylov soat 20:00 da o’z nihoyasiga yetdi.

So’rov markazi e’lon qilgan natijalarga ko’ra Zelenskiy asos solgan “Xalq xizmatkori” partiyasi 43.9 foiz ovoz bilan liderlikni qo’lga kiritar ekan, Muxolifat platformasi-Hayot uchun (rossiyaparastlar partiyasi) partiyasi 11.5 ovoz ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Sobiq Prezident Petro Poroshenko yetakchiligidagi “Yevropacha birdamlik” partiyasi 8.9 foiz ovoz olar ekani sobiq Bosh vazir Yuliya Timoshenkoning “Ona vatan” partiyasi 7.6 foiz ovoz oldi. Taniqli rok-qo’shiqchisi Svyatoslav Vakarchuk asos solgan “Ovoz” partiyasi esa 6.3 foiz ovoz oldi.

Ukrina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shu yilning may oyida prezidentlik vazifasini qabul qilib olganidan keyin Ukraina parlamentini tarqatib, 21-iyul kuni muddatidan oldin saylov o’tkazishni ko’zda tutgan qarornomaga qo’l qo’ygandi.

 

 



Aloqador xabarlar