Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo’lganlar soni 88 kishiga yetdi

Tegishli vakillar Nepalda seldan zarar ko’rgan hududlarda salomatlik xizmati cheklanganligi tufayli yuqumli kasalliklarning tarqalishidan xavotirda.

1238292
Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo’lganlar soni 88 kishiga yetdi

 

Nepalda bir haftadan buyon davom etayotgan kuchli musson yomg‘irlari oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va tuproq ko’chkilarida halok bo’lganlar soni 88 kishiga yetdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Nepal ichki ishlar vazirligi suv toshqinlari va tuproq ko’chkilari oqibatida halok bo’lganlar soni 88 kishiga yetganligini, 31 kishi bedarak yo’qolganligini ma’lum qilgan.

Nepalning 21 ta viloyati suv toshqinlaridan jiddiy zarar ko’rgan bo’lib, bulardan eng og’ir sharoitda qolganlari Lalitpur, Bhojpur va Rautahat hududlari ekanligi aniqlangan.

Bugungacha sel va suv toshqinlaridan zarar ko’rgan 3300 aholi evakuatsiya qilingan.

Tegishli vakillar Nepalda seldan zarar ko’rgan hududlarda salomatlik xizmati cheklanganligi tufayli yuqumli kasalliklarning tarqalishidan xavotirda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #sel , #suv toshqinlari , #Nepal

Aloqador xabarlar