Qatar va Rossiya o’rtasidagi harbiy munosabatlar rivojlanmoqda

Qatar harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Abdulloh bin Hasan as-Suleyti Rossiya harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Vladimir Korolyov bilan uchrashdi.

1237007
Qatar va Rossiya o’rtasidagi harbiy munosabatlar rivojlanmoqda

 

Qatar harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Abdulloh bin Hasan as-Suleyti Rossiya harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Vladimir Korolyov bilan uchrashdi.

Ikki yetakchi Qatar va Rossiya o’rtasidagi harbiy munosabatlarni muhokama qildi.

Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Qatar harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Abdulloh bin Hasan as-Suleyti Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida o’tkazilgan Xalqaro dengizchilik mudofaa yarmarkasi doirasida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni Vladimir Korolyov bilan uchrashdi”,-deyiladi bayonotda.

Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi harbiy munosabatlar va uni rivojlantirishga qaratilgan rejalar ko’zdan kechirildi.

Shu yilning may oyida Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Dohadagi Rossiya elchixonasi qoshida harbiy maslahatchilik maqomini tashkil qilish to’g’risida qaror imzolaganligi chop etilgan edi.

RT-Arabic televideniyesi “Bu qaror Moskvaning Qatar bilan harbiy va texnik sohada munosabatlarni rivojlantirish niyati borligini ko’rsatadi” shaklida mulohaza qilgan edi.

Eslatma: Qatar va Rossiya 2017 yil oktyabr oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’yguning Dohaga tashrifi chog’ida harbiy-texnik hamkorlik va havo mudofaa sohalarida bir qator kelishuv memorandumi imzolagan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #harbiy hamkorlik , #Rossiya , #Qatar

Aloqador xabarlar