Hindistonning Mumbay shahrida to‘rt qavatli bino qulab tushdi

Qulab tushgan bino taxminan 100 yillik bino bo’lib, unga tutash binolarda yashovchi aholi xavfsizlik sababli evakuatsiya qilingan.

1236653
Hindistonning Mumbay shahrida to‘rt qavatli bino qulab tushdi

 

Hindistonning Mumbay shahrida to‘rt qavatli bino qulab tushdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, 40dan ortiq kishi vayronalar ostida qolib ketgan. Ularni qutqarish operatsiyasi davom etmoqda.

Ushbu voqea Mumbay janubidagi Dongri tumanida sodir bo‘lgan.

Binoning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum emas. Voqeadan so'ng, besh kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Ikki kishining jasadi vayronalar tagidan olib chiqilgan.

Qulab tushgan bino taxminan 100 yillik bino bo’lib, unga tutash binolarda yashovchi aholi xavfsizlik sababli evakuatsiya qilingan.

Dunyoning eng gavjum shahri bo’lgan Mumbayda bino xavfsizligi asosiy muammolardan biriga aylangan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #bino qulashi , #Mumbay , #Hindiston

Aloqador xabarlar