YI Ukrainaning davlat suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi

Kiyevda 21-Ukraina-Yevroittifoq sammiti Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk, Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Klaude Juncker ishtirokida bo’lib o’tdi.

1232611
YI Ukrainaning davlat suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi

 

Ukraina poytaxti Kiyevda 21-Ukraina-Yevroittifoq sammiti o’z ishini yakunladi.

Sammit Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk, Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Jean-Klaude Juncker va boshqa ko’plab vakillar ishtirokida bo’lib o’tdi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi sammitdan so’ng, Vladimir Zelenskiy, Donald Tusk va Jean-Klaude Juncker o’rtasida bo’lib o’tgan matbuot anjumani tafsilotlarini e’lon qildi.

Sammit ishtirokchilari Yevropa Ittifoqi hamkorlik shartnomasi va Erkin savdo bitimi asosida Ukrainaning iqtisodiy jihatdan Yevroittifoqqa integratsiyasi va siyosiy birdamligini mustahkamlashga qat’iy ekanligini ta’kidladilar.

“Yevropa Ittifoqi Ukrainaning xalqaro maydonda tan olingan davlat suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Rossiya 2014 yili Qrimni ishg’ol qilgandi. Bu jarayonda separatistlar Ukraina sharqida hukmronlik e’lon qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar