Shvetsiya TIV Wallström, “1915-yilgi voqealarni qatliom deb tan olish murakkab”.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Wallström, mamlakatdagi chet ellik OAV vakillari bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda, Shvetsiya hukumatining 1915-yilgi voqealar haqidagi iddioni qabul qilib-qilmasligi haqidagi savollarga javob berdi.

1231336
Shvetsiya TIV Wallström, “1915-yilgi voqealarni qatliom deb tan olish murakkab”.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Margot Wallström, 1915-yilgi voqealarni qatliom deb tan olishning murakkab ekanligini qayd etdi.

Wallström, mamlakatdagi chet ellik ommaviy axborot vositasi vakillari bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda,

“Shvetsiya hukumati 1915-yilgi voqealar haqidagi qatliom iddiolarini qabul qiladimi?” degan savolga qarshi,

“1915-yilgi voqealar haqidagi qatliom iddiolarini qabul qilish murakkabga o’xshaydi. Chunki bir mamlakatni qatliomchi deb e’lon qilishdan avval qo’lingizda jiddiy dalillar bo’lishi kerak” deb javob berdi.

Yuqorida nomi tilga olingan iddiolarni tadqiq qilish uchun tarixchilardan tashkil topgan komissiya tuzganliklarini eslatib o’tgan Wallström,

“Bu masalada natijaga erishish murakkab. Zero bu voqealarni boshdan kechirgan tirik guvoh yo’q. Dunyoning ba’zi davlatlari buni qatliom deb qabul qildi lekin shaxsan men buni sal noto’g’riroq deb o’ylayman. Chunki bunday qaror qabul qilinganidan keyin ortidan bazi qadamlar tashlanishi kerak. Bu ham bo’lsa sizni har doim bog’laydi” dedi.  

Wallström, Daniyada, ramazon oyida, iftor dasturiga norozichilik bildirgan ekstremist o’ng qanotlarning Qur’on-i Karimni yoqishi haqidagi voqeaga ham to’xtalar ekan bu haqida,  

“Har qanday fanatiklikka qarshiman. Din ustidan yo’lga qo’yilgan ig’vogar harakatlar nihoyatda xavflidir. Birgalikda yashay oladigan muhit yaratishimiz kerak. Bir-birimiz bilan gaplashishimiz va birgalikda yashay olish madaniyatini rivojlantirishimiz darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar