Afg’onistonda jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujumda 2 kishi jon berdi
Afg’onistondagi “Muhammadiya” nomidagi jome’ masjidining mehrobiga, oldindan joylashtirib qoyilgan bomba, hufton namozi chog’ida portlatildi.
1231243
Afg’onistonning G’azna viloyatidgi “Muhammadiya” nomidagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan bombali hujum oqibatida 2 kishi jon berdi.
G’azna gubernatori tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra shahardagi “Muhammadiya” nomidagi jome’ masjidining mehrobiga oldindan joylashtirib qoyilgan bomba kecha kechqurun, hufton namozi chog’ida portlatilgan.
Hujum chog’ida masjiddagi 2 kishi jon berar ekan, 20 kishi esa tan jarohati olgan.
Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.