Senat Liviyadagi AQSh qurollarining o’rtaga chiqishi masalasini surishtirishini istadi.
AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)sotgan qurollar Liviyadagi Xalifa Hefterga bog’liq kuchlarning qo'liga o’tish masalasini surishtirish uchun tergovni boshlashni talab qildi.

AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)sotgan qurollar Liviyadagi Xalifa Hefterga bog’liq kuchlarning qo'liga o’tish masalasini surishtirish uchun tergovni boshlashni talab qildi.
Senatning tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasining eng katta deputati Bob Menendez AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoga maktub yozib Liviyadagi Amerika qurollarining o’rtaga chiqishi masalasini surishtirishini istadi.
Menendez, Pompeyga yozgan maktubida, shunday dedi: "Agar bu da'volar haqiqatga to'g'ri keladigan bo'lsa, siz Birlashgan Arab Amirliklariga barcha qurollarni sotishini to'xtatishingiz kerakligiga ishonchimiz komil" deb ifodaladi.
Bob Menendez, AQShning BAAlariga sotgan qurollarning Liviyada poyda bo’lishi bilan aloqali AQSh qonunining ochiq poymoli, hamda AQShning Liviyaga qurol sanksiyasini buzgan ma’nosiga keladi deb qayd etdi.
Menendez ushbu vaziyatda AQSh ma'muriyati tomonidan tekshirilishi va aniqlanishi uchun muqarrar zaruriyat ekanini ta'kidlab, qo'mitada zarur tashabbuslarni amalga oshirishi kerakligini aytdi.
AQSh, xalqaro miqyosda qabul qilingan milliy memorandum hukumati (UMH) ning Giryan shahrida, qo’lga olingan Xalifa Hafterga oid AQShda ishlab chiqarilgan qurollar topilgan edi.
Londondagi "Sark al-Avsat" gazetasiga nomining e'lon qilishini istamagan AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi, Liviyada Amerika qurollari bilan bog'liq masala tekshirishayotganini,
"Biz AQShga qarashli mudofaa qismlarini noto'g'ri ishlatish masalasiga jiddiy yondashamiz, biz bu yo'nalishdagi yangiliklardan xabardormiz va qo'shimcha ma'lumot to'plashga harakat qilmoqdamiz". dedi u.
Donald Trump ma'muriyati o'tgan haftada Kongressni e’tiborga olmasdan turib, Saudiya Arabistoni va BAAga 8 milliard dollarlik 22ta qurol sotishini amalga oshirganini aytdi.