Gruziyadagi siyosiy vaziyat tobora keskinlashib bormoqda

“Shota Rustaveli” ko’chasida to’plangan namoyishchilar Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariyaning iste'fosini talab qilishgan.

1227415
Gruziyadagi siyosiy vaziyat tobora keskinlashib bormoqda

 

Gruziyadagi siyosiy vaziyat tobora keskinlashib bormoqda.

Eslatish joizki, 20 iyunda Gruziya poytaxti Tbilisida 26-Pravoslaviya parlamentlararo assambleyasi bosh sessiyasi ochilishi vaqtida Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Gavrilov Gruziya parlamenti spikeri o‘rindig‘iga o‘tirib olib ma’ruza qilgani sababli tartibsizliklar yuz bergan edi. 

Kecha yana minglab namoyishchi ishtirokida miting o’tkazildi.

“Shota Rustaveli” ko’chasida to’plangan namoyishchilar Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariyaning iste'fosini talab qilishgan.

Ular Tbilisida 20 iyun kuni parlament binosi oldidagi mitingning shafqatsizlarcha bostirilishi oqibatida ko’plab namoyishchining jarohatlanishidan ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariyani aybdor deb topishgan.

Eslatish joizki, 20 iyun kuni minglab namoyishchi Gruziya parlamenti binosi oldida to‘plandi. Ko‘pchilik Rossiyaga qarshi shiorlar bilan chiqish qildi. Ular Moskvani Gruziyani okkupatsiya qilishda ayblashdi. Lekin, yig‘ilganlarning talablari ko‘proq ichki siyosat bilan bog‘liq edi.

20 iyun kungi miting davomida politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar va rezina o‘qlardan foydalangan.

240 kishi qattiq jarohatlanib, shifoxonalarga yotkizilgan. Ya'ni, norozilik namoyishi xuddi Saakashvili davridagidek kuch qo‘llash yo‘li bilan bostirilgan.

Gruziya hukumati bu o’zgarishlardan so’ng, namoyishchilarning saylov bo’yicha qonunni o’zgartirish haqidagi talablarini qabul qilgan edi.

Vaziyat keskinlashishi ortidan Gruziya parlamenti spikeri Irakliy Kobaxidze o‘z lavozimini tark etdi. U 21 iyun kuni o’z vazifasidan iste’fo etganligini e’lon qilgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aviakompaniyalarga Rossiyadan Gruziyaga parvozlar amalga oshirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.  

Putin hukumatga Gruziyada vaqtinchalik qolayotgan rossiyaliklarni qaytarishni ta'minlash topshirig‘ini bergan hamda tur operatorilarga parvozlar taqiqlanishi vaqtida Gruziyaga chipta sotmaslikni tavsiya qilgan.

Gruziya bosh vaziri Mamuka Bikxadze namoyishlarning avj olishidan sobiq prezident Mixail Saakashvilini mas’ul deb topdi.

“Barcha hodisalarning javobgari, aybdor Saakashvili va uning agresif guruhlaridir. Ular vatandoshlarimizning demokratik namoyishidan foydalanib, konstitutsiyamizga tajovus qilishga harakat qilyabdilar”,-deb aytgan Gruziya bosh vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Sergey Gavrilov , #Tbilisi , #namoyish , #Gruziya

Aloqador xabarlar