AQSh bilan Tolibon o’rtasida davom etgan tinchlik uchrashuvlar muvaffaqiyatga erishilgan

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo, AQSh bilan Tolibon o’rtasida davom etgan tinchlik uchrashuvlar muvaffaqiyatga erishilganini aytdi.

1225404
AQSh bilan Tolibon o’rtasida davom etgan tinchlik uchrashuvlar muvaffaqiyatga erishilgan

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo, AQSh bilan Tolibon o’rtasida davom etgan tinchlik uchrashuvlar muvaffaqiyatga erishilganini aytdi.

Afg'onistonning  poytaxti Kobulga tashrifi chog'ida AQShning Kobuldagi elchixonasida  matbuot anjuman o'tkazgan Pompeo o'z mamlakatining Afg'onistondagi qo'shinlarini olib chiqishga tayyor ekanini aytdi.

Pompeo, AQSh Afg'onistondagi barcha muammolarni muzokara stoliga  olib kelishni ta'minlaydi, shuning uchun Tolibonni to'g'ridan-to'g'ri Afg'oniston hukumati bilan uchrashuvga ishontirishga harakat qilmoqda.

Pompeo,

"Tolibon bilan tinchlik muzokaralari olib borilmoqda, kelgusi uch oyda kelishuvga erishiladi". dedi.

Pompeo, afg'on hukumatiga AQSh va Tolibon o'rtasidagi barcha muzokaralar haqida ma'lumot berilganini  va tinchlik muzokaralari davomida hech qanday bir  masala yashirilmaganini  bildirdi.

 

Pompeo Pokistonning Afg'onistondagi tinchlikni o’rnatishga  yordam berishining  vaqti keldi, deb ta'kidladi.

Pokiston mintaqadagi tinchlik uchun muhim rol o'ynaganiga diqqat qaratgan Pompeo, Pokistonning bu borada har turli  yordamini kutganlarini  bildirdi.

Pompeo,

"Agar Tolibon bilan tinchlik   ta’min etilsa , mintaqa mamlakatlarining  foydasiga bo’ladi. Eron Afg'onistondagi tinchlik jarayonini to'xtatishdan manfaat  ko'zlamasligi kerak, unday faoliyatlar o’z  foydalariga bo’lmaydi". dedi u.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Uchrashuv , #Tinchlik , #AQSh , #Af'g'oniston

Aloqador xabarlar