Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev John Bolton bilan uchrashdi

Ria novosti xabar agentligi ma’lum qilishicha, bo’lib o’tgan uchrashuvda Isroilda xavfsizlik masalasi muhokama qilindi.

1224590
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev John Bolton bilan uchrashdi

 

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi John Bolton bilan uchrashdi.

Bu haqda Ria novosti xabar agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bo’lib o’tgan uchrashuvda Isroilda xavfsizlik masalasi muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Nikolay Patrushev bilan John Bolton o’rtasidagi uchrashuv taxminan 1 yarim soat davom etgan.

“Patrushev va Bolton strategik barqarorlik va qurollarni nazorat qilish masalasiga alohida ahamiyat berib, xavfsizlik sohasida Rossiya va AQSh munosabatlarining ba’zi jihatlari bo’yicha muzokara qildi”,-deb aytgan Patrushevning matbuot kotibi.



Aloqador xabarlar