Hindistonning Rajaston shtatida chodir qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Bosh vazir Narendra Modi tvitterdagi rasmiy sahifasida Barmerdagi voqeani “baxtsizlik” deb atar ekan, yaqinlari halok bo’lgan oilalarga hamdardlik bildirgan, yaradorlarga esa shifo tilagan.

1224021
Hindistonning Rajaston shtatida chodir qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi
hindistan ayin cadiri1.jpg

 

Hindistonning Rajaston shtatida chodir qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda "Press Trust of India" nashri xabar berdi.

Xabarga ko’ra, bu voqea Barmer okrugida joylashgan Jasol qishlog’idagi Hindu marosimi vaqtida yuz bergan. Voqeada 50 kishi jarohatlangan.

Bosh vazir Narendra Modi tvitterdagi rasmiy sahifasida Barmerdagi voqeani “baxtsizlik” deb atar ekan, yaqinlari halok bo’lgan oilalarga hamdardlik bildirgan, yaradorlarga esa shifo tilagan.

Rajaston shtati bosh vaziri Ashok Gehlotning ta'kidlashicha, hududni qamrab olgan hamda kuchli shamol va yomg‘irlar bilan kechgan qum bo‘roni ulkan chodirning qulashiga olib kelgan. Buning natijasida ko‘pchilik odamlar chodirning turli qismlari ostida qolib ketgan.

Barcha jabrlanuvchilar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilib, ularga tez yordam ko‘rsatilgan.

“Hindustan Times” nashrining xabariga ko’ra, Barmer okrugidagi amaldorlardan Himanshu Gupta metal trubalar bilan tiklangan ulkan chodir Hindular tomonidan muqaddas hisoblangan “Prens Rama” hikoyasi anglatilgan “Ramayana” dostoni kuylanayotgan paytda qulab tushganligini ma’lum qilgan.

Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan.



Aloqador xabarlar