Donald Tramp:"Eronga hujumni 10 daqiqa qolganda to'xtatdim"

“Hujumda 3 ta muassasa nishonga olinishi kerak edi va 150 kishi halok bo’lar edi”,-deb aytgan Donald Tramp.

1222931
Donald Tramp:"Eronga hujumni 10 daqiqa qolganda to'xtatdim"

 

AQSh prezidenti Donald Tramp kecha tunda Eronning 3 ta hududiga hujum qilish rejalashtirilganligini, biroq hujumga 10 daqiqa qolganda bundan voz kechganligini ma’lum qildi.

“Hujumda 3 ta muassasa nishonga olinishi kerak edi va 150 kishi halok bo’lar edi”,-deb aytgan Donald Tramp.

"Eronga hujumni 10 daqiqa qolganda to’xtatdim, chunki nisbatsiz bir tomonlama hujum bo’lardi. Eron masalasida shoshilish yo’q. Kecha tunda Eronga qarshi qo’shimcha sanksiyalar joriy etildi”,-deb ilova qilgan Tramp.

“Ko’plab insonlar o’lishini aytdilar. Shu sababli hujumni to’xtatdim”,-deydi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga aslo ruxsat bermasligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Eron , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar