Gruziya poytaxti Tbilisida Rossiyaga qarshi namoyish boshlandi

Namoyishlarga Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning Gruziya parlamentida chiqish qilishi sabab bo‘ldi.

1222434
Gruziya poytaxti Tbilisida Rossiyaga qarshi namoyish boshlandi

 

Gruziya poytaxti Tbilisida minglab muxolif tarafdorlari Rossiya delegatsiyasining tashrifi munosabati bilan namoyish o’tkazdi.

Namoyishlarga Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning Gruziya parlamentida chiqish qilishi sabab bo‘ldi. 

Ma’lumki, 20 iyun kuni Gruziya parlamentida 26-Parlamentlararo pravoslaviya assambleyasi majlisi o‘tkazildi.

Majlisni Rossiya delegatsiyasi tarkibida o’rin olgan Rus kommunist partiyasi a’zosi va assambleyaning hozirgi rahbari Rossiya parlamenti deputati Sergey Gavrilov boshqardi.

Gavrilov Gruziya parlamenti raisining kursisiga o‘tirib olib, majlisga yig‘ilganlarga rus tilida murojaat qilgan. Bu esa, Gruziya muxolifati deputatlarining noroziliklarini keltirib chiqargan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, parlament binosi oldidagi maydonda 10 mingdan ortiq namoyishchi to‘plangan.

Muxolifat chaqirig‘iga ko‘ra to’plangan namoyishchilar Gruziya parlament spikeri Irakliy Kobaxidze, shuningdek Ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariya hamda Milliy xavfsizlik xizmati rahbarini iste'foga chiqishini talab qilishgan.

Ularning talablari inobatga olinmagach, namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga harakat qilishgan.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar, rezinali o‘qlar va vodomyotlar qo‘llagan. Bu shaklda ularning parlament binosiga kirishiga to’sqinlik qilingan.

Turli siyosiy partiya va nodavlat tashkilotlarning chaqirig’iga binoan to’plangan namoyishchilar Gruziya hukumatini Rossiyaga qarshi kuchsiz siyosat olib borganlikda aybladilar. Shu bilan birga, ushbu assambleyani tashkil qilgan barcha vakillarning iste’fosini talab qildilar.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sergey Gavrilov , #namoyish , #Rossiya , #Gruziya

Aloqador xabarlar