Hasan Ruhoniy:"Tokio Eron neftini sotib olishni davom ettirmoqchi..."

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy davlat tashrifi bilan Tehronda bo’lgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

Hasan Ruhoniy:"Tokio Eron neftini sotib olishni davom ettirmoqchi..."

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy davlat tashrifi bilan Tehronda bo’lgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

 Hasan Ruhoniy anjumanda Tokio Eron neftini sotib olishni davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. 

“Yaponiyaning Erondan neft sotib olishni davom ettirishi ikki davlat munosabatlari rivojini kafolatlashi mumkin”,-deb aytgan Eron prezidenti.  

Prezidentning ta’kidlashicha, Yaponiya Eron yadroviy kelishuvidan AQShning chiqishiga qaramay, uni saqlab qolish tarafdori. Shuningdek, Sindzo Abe ushbu kelishuv nafaqat mintaqa uchun, balki butun dunyo uchun foydali ekanligiga ishonadi. Eron bilan Yaponiya yadroviy texnologiyalardan tinchliksevar maqsadlarda foydalanish zarurligiga ishonadi. Ahamiyatlisi shuki, ikki mamlakat ham yadroviy qurollarni qo’llashga qat’iyan qarshi.

“Yaponiya Eron neftini sotib olishni davom ettirish, madaniy, ilmiy va moliyaviy masalalarning hal qilinishi tarafdori. Bu masalalar o’zaro munosabatlarning kelajagini belgilovchi muhim omillardir”,-deb aytgan Hasan Ruhoniy.

Ruhoniy Sindzo Abe bilan bo’lgan uchrashuvda Tokio tomonidan Eron janubiga kiritiladigan investitsion faoliyatlar muhokama qilinganligini ma’lum qilgan.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, Tokioning investitsiyasi ikki davlat munosabatlarining rivojiga katta hissa qo’shadi.

Bundan tashqari, ikki yetakchi urushda harobaga aylangan Suriyani qayta tiklash va Yamandagi inqirozni bartaraf etishni qo’llab-quvvatlash kabi mavzularni ham muhokama qilgan.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe matbuot anjumanida, bugungi kunda Yaqin sharqda keskinlik avj olganligini va qanday bo’lmasin harbiy to’qnashuvni oldini olish zarurligini ta’kidlab o’tgan.

“Yaqin sharqdagi tinchlik nafaqat mintaqa uchun, balki butun dunyo uchun o’ta zaruriydir. Eron mintaqada keskinlikning avj olishini oldini olish uchun ijobiy ro’l o’ynashi kerak”,-deb aytgan Sindzo Abe.

Yaponiya prezidentining ta’kidlashicha, Tokio Eronning Xalqaro atom energiya agentligi (UAEA) bilan hamkorligini ijobiy baholaydi va bu hamkorlikning davom etishi tarafdori.

“Eronning yadroviy kelishuv asoslariga amal qilishini kutib qolamiz. Yaponiya mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga qo’lidan kelgancha hissa qo’shishga tayyor”,-deb aytgan Yaponiya bosh vaziri.


Tanlangan kalimalar: Yaponiya , Sindzo Abe , Hasan Ruhoniy , Eron

Aloqador xabarlar