Tehronda Eron va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

“Muhammad Javod Zarif bilan Kono Taro Basra ko’rfazidagi keskinlikni kamaytirish va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatga tashrifini muhokama qildi”,- deyiladi bayonotda.

Tehronda Eron va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif poytaxt Tehronda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kono Taro bilan uchrashdi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kono Taro Basra ko’rfazidagi keskinlikni kamaytirish va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatga tashrifini muhokama qildi”,- deyiladi bayonotda.

AQSh Eron xalqiga nisbatan iqtisodiy urush ochganligini ma’lum qilgan Zarif: “Bu og’ir sharoitda xalqimizning farovonligi va osoyishtaligini saqlab qolish uchun boshqa yo’llarni topdik. Neftga to’be bo’lib qolmaydigan shaklda byudjet va moliyaviy siyosatni qayta ko’zdan kechirdik”,-dedi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kono Taro bosh vazir Shindzo Abening mamlakatga tashrifini “tarixiy” deb baholadi. Shu bilan birga, mintaqada keskinlikni bartaraf etish barcha davlatlarning manfaatiga xizmat qilishini bildirdi.

Vazirning ta’kidlashicha, mintaqada keskinlikning avj olishi barchaga zarar keltiradi. Yaponiya vaziyatni yaxshilash uchun har qanday tashabbusga tayyor.

Eslatish joizki, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 12 iyunda Tehronga rasmiy safari oldidan bergan intervyusida, “AQSh bilan Eron o’rtasidagi keskinlikdan xavotirdaman. Men kuchim yetgancha bu mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida ishtirok etmoqchiman”,-degandi.


Tanlangan kalimalar: Eron , Yaponiya , Kono Taro , Muhammad Javod Zarif

Aloqador xabarlar