Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub olganini ma'lum qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan “samimiy” maktub olganligini tilga olgan Tramp: “U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Juda yaxshi o’zgarishlar bo’ladi deb o’ylayman”,-dedi.

Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub olganini ma'lum qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub olganini ma'lum qildi.

Donald Tramp bu haqda Oq uyda jurnalistlar oldidagi chiqishi vaqtida ma’lum qilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan “samimiy” maktub olganligini tilga olgan Tramp: “U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Juda yaxshi o’zgarishlar bo’ladi deb o’ylayman”,-dedi.

Tramp yaqinda Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini bildirib, “Juda iliq va samimiy maktub keldi. Shimoliy Koreya juda katta salohiyatga ega davlat”,-dedi.

Shu yilning fevral oyida Vyetnamda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o’rtasida ikkinchi tarixiy uchrashuv bo’lib o’tgandi.

Biroq, tomonlar hech qanday kelishuvga erisha olmagandi. Oq uy muzokaralar davom etishini ma’lum qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: AQSh , Donald Tramp , Shimoliy Koreya , Kim Chen In

Aloqador xabarlar