"Meduza" jurnalisti Ivan Golunov javobgarlikdan ozod qilindi

“Jurnalist Ivan Golunovning aybdorligi isbotlanmagan va unga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish yopilgan”,-deb aytgan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev.

"Meduza" jurnalisti Ivan Golunov javobgarlikdan ozod qilindi

 

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev narkotik moddalarni saqlaganlikda ayblanib uy qamog’iga olingan jurnalist Ivan Golunovni javobgarlikdan ozod qilishga qaror berilganligini ma’lum qildi.

“Jurnalist Ivan Golunovning aybdorligi isbotlanmagan va unga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish yopilgan”,-deb aytgan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tergov natijalari jurnalistni qo‘lga olgan politsiya xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish uchun Rossiya tergov qo‘mitasiga yuborilgan. Tekshiruv yakunlanguniga qadar politsiya xodimlari xizmat vazifasidan chetlashtirilgan.

“Politsiya xodimlari tekshiruv jarayoni mobaynida o’z xizmat vazifasidan uzoqlashtiriladi”,-deb aytgan Vladimir Kolokoltsev.

Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev jurnalist Golunov ishi bo’yicha prezident Vladimir Putindan Moskva IIB boshlig‘i politsiya general-mayori Andrey Puchkov va IIVning Moskva giyohvand moddalar aylanmasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i politsiya general-mayori Yuriy Devyatkinni ishdan bo’shatishini so’ramoqchi ekanligini ilova qildi.

Eslatma: “Meduza” xabar saytining maxsus muxbiri, o‘zining o‘tkir jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan jurnalist Ivan Golunov shu yilning 6 iyun kuni Moskvada qo‘lga olingan edi. U katta miqdordagi narkotik moddalarni saqlaganlikda ayablanayotgan edi.



Aloqador xabarlar