Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoning yuqori qavatiga vertolyot kelib urildi

Noxush hodisada terroristik harakatlarning alomatlari yo‘qligi ma’lum qilingan.

Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoning yuqori qavatiga vertolyot kelib urildi

 

AQShning Nyu-York shahridagi osmono‘par binoning yuqori qavatiga vertolyot kelib urildi.

Fojiada vertolyot uchuvchisi halok bo’lgan. Noxush hodisada terroristik harakatlarning alomatlari yo‘qligi ma’lum qilingan.

Nyu-York o’t o’chiruvchilar departamenti ma’lum qilishicha, Manhattanning Times maydoniga yaqin joydagi osmono‘par binoning yuqori qavatiga vertolyot kelib urilgan.

Vertolyotning katta tezlik bilan binoga kelib urilishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. O’t o’chirish xizmati xodimlari va politsiya kuchlari voqea joyiga yetib kelishgan.

Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo voqea joyida bergan intervyusida “Vertolyotning bu binoga kelib urilish sabablarini hozircha bilmaymiz. Bu oddiy qo’nish emas”,-dedi.

Nyu-York hokimi Bill de Blasio esa, osmono‘par binoga kelib urilgan tijoriy vertolyotning u territoriyada uchmasligi kerakligini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Nyu-York , vertolyot halokati , AQSh

Aloqador xabarlar