AQShning 28 shtatida qizamiq kasalligi keng tarqaldi

Qizamiq kasalligiga chalinganlar soni esa 1022 kishini tashkil qilmoqda.

AQShning 28 shtatida qizamiq kasalligi keng tarqaldi

 

AQShda qizamiq kasalligi keng tarqalgan shtatlar soni 28 nafarga yetdi.

Qizamiq kasalligiga chalinganlar soni esa 1022 kishini tashkil qilmoqda.

Kasallikni kuzatish va nazorat qilish markazi ma’lum qilishicha, ushbu yuqumli kasallik Virjiniya va Idaho shtatlariga ham yetib kelgan. 28 ta shtatda kasallikka chalinganlar soni ko’pchilikni tashkil qiladi.

AQShda joriy yil boshidan beri qizamiqqa chalingan bemorlar soni oxirgi 27 yilda kuzatilgan eng yuqori ko’rsatgichga yetdi.

Mamlakatda 2000 yilda qizamiq kasalligi butkul yo’q qilinganligi ma’lum qilingandi.

Iyun oyi boshida Nyu-York shahrida asosan yahudiylar gavjum yashaydigan hududlarda keng tarqalgan qizamiq kasalligi tufayli sog‘liqni saqlash borasida favqulodda holat e’lon qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: AQSh , qizamiq

Aloqador xabarlar