Indoneziyada 20000 aholi seldan zarar ko’rdi

Seldan jabrlangan aholining shoshilinch ravishda toza ichimlik suvi, oziq-ovqat, adeyal va dori-darmonga ehtiyoji borligi ma’lum qilindi.

1216528
Indoneziyada 20000 aholi seldan zarar ko’rdi

 

Indoneziyaning sharqiy Kalimantan shtatida 20 ming aholi seldan zarar ko’rdi.

Samarinda shahrida ro’y bergan kuchli yog’ingarchiliklar uch hududda suv toshqinlariga sabab bo’ldi.

Seldan jabrlangan aholining shoshilinch ravishda toza ichimlik suvi, oziq-ovqat, adeyal va dori-darmonga ehtiyoji borligi ma’lum qilindi.

Shu yilning mart oyida Papua shtatida sodir bo’lgan sel falokatida 100dan ortiq kishi halok bo’lgandi.

Tropikal iqlim hukmron bo’lgan Indoneziyada har yili kuchli muson yomg’irlari oqibatida suv toshqinlari va tuproq ko’chkilari sodir bo’lmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #sel

Aloqador xabarlar