Xitoy janubida 100 mingdan ortiq aholi seldan zarar ko’rdi

Xabarga ko’ra, Guangdong shtatiga qarashli Heyuan shahrida ro’y bergan tabiiy ofatda 7 kishi halok bo’lgan, 3 kishi yaralangan.

Xitoy janubida 100 mingdan ortiq aholi seldan zarar ko’rdi

 

Xitoy janubida kuchli yog’ingarchilik va to’fon oqibatida 7 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Shinxua xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Guangdong shtatiga qarashli Heyuan shahrida ro’y bergan tabiiy ofatda 7 kishi halok bo’lgan, 3 kishi yaralangan.

Sel falokatida 1 kishi bedarak yo’qolgan, 100 mingdan ortiq aholi seldan zarar ko’rgan.

Heyuan shahrida taxminan mingta uy seldan zarar ko’rgan, maktablarga dam berilgan.

Hududda qidiruv-qutqaruv guruhi ish olib bormoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: Xitoy , sel

Aloqador xabarlar