Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

Trampning Fransiyaga tashrifidan bahtiyor ekanligini tilga olgan Makron: “Marosimlarda ishtirok etish uchun Fransiyaga kelganingiz ikki xalq o’rtasidagi do’stona yaqinlikning isbotidir”,-dedi.

1214574
Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

 

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Bu uchrashuv ikkinchi jahon urushi vaqtida Normandiyaga ittifoqchi kuchlar tashlanishining 75 yilligiga atalgan marosimlardan so’ng bo’lib o’tdi.

Makron uchrashuv oldidan matbuotga bergan brifingda, Fransiyaning Afrika, Yaqin sharq va xalqaro dolzarb masalalarda AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilishi o’ta muhim ekanligini ta’kidladi.

Trampning Fransiyaga tashrifidan bahtiyor ekanligini tilga olgan Makron: “Marosimlarda ishtirok etish uchun Fransiyaga kelganligi ikki xalq o’rtasidagi do’stona yaqinlikning isbotidir”,-dedi.

Makronning ta’kidlashicha, Fransiya AQSh bilan mustahkam aloqalarga ega.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Fransiyaga tashrif buyurganligidan va marosimlarda ishtirok etganligidan bahtiyor ekanligini tilga oldi.

Uning ta’kidlashicha, Fransiya bilan AQSh o’rtasida o’ziga xos favqulodda do’stona aloqalar va yaqin hamkorlik mavjud.

Ikki yetakchi uchrashuv chog’ida Eron, Yaqin sharq va xalqaro dolzarb masalalar haqida fikr almashdi.

Makron ushbu mavzularda Tramp bilan hamfikr ekanligini ta’kidladi.

“Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishini xohlamayman. Men prezident bo’lib saylanganimda Eron bir terror davlati edi va hozir ham shunday. Bu mavzuda Fransiya bilan hamfikrmiz”,-dedi AQSh prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #AQSh , #Donald Tramp , #Emmanuel Makron

Aloqador xabarlar