Budapeshtda Dunay daryosida ro'y bergan kater fojiasida qurbonlar soni 13 kishiga yetdi
Vengriya terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi ma'lum qilishicha, Dunay daryosida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida 4 kishining jasadi olib chiqilgan.

Vengriya poytaxti Budapeshtda Dunay daryosida sayr katerining halokatga uchrashi oqibatida qurbonlar soni 13 kishiga yetdi.
Vengriya terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi tomonidan Vengriya xabar agentligiga berilgan ma’lumotda Dunay daryosida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida 4 kishining jasadi olib chiqilganligi qayd etilgan.
Shu bilan qurbonlar soni 13 nafarga yetgan.
Halokatda bedarak yo’qolgan 15 kishi qidirilmoqda.
Ma’lumki, shu yilning 29 may kuni poytaxt Budapeshtda Dunay daryosida sayr kateri sayyohlarni olib ketayotgan boshqa kater bilan to’qnashib ketgan edi.
Katerda janubiy koreyalik 33 sayyoh va ekipajning 2 a'zosi bo‘lgan. 7 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 21 kishi bedarak yo‘qolgan edi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 30 may kuni hukumatga halokat vaqtida yo‘qolgan koreyalik sayyohlarni topish uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llash vazifasini topshirgan edi.
Qidiruv faoliyatlarida Janubiy Koreya va Avstriyadan qator mutahassis guruhlar ishtirok etmoqda.