Hamaning shimol ga’rbidagi Zaviya hududida qurilgan 10- kuzatish nuqtasi yaqini nishon olindi.

Suriyada rejim kuchlari, Turk qurolli kuchlari( TQK) Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududida  kuzatish missiyasi uchun qurgan nuqtaning yaqiniga  to’p bilan hujum uyushtirdi.

1211973

Rejim qo’shini va Eron tomonidan himoya qilingan xorijiy terroristlardan tashkil topgan rejim kuchlari, TQKning Idlibda taranglikni kamaytirish hududida, Idlibning janubida o’rin olgan, Hamaning shimol ga’rbidagi Zaviya hududida qurilgan 10- kuzatish nuqtasi yaqiniga to’p otishlari bilan nishon olindi.

Mazkur hujumda nazorat nuqtalariga  har qanday bir ziyon yetkazilmagan.

Hujum, Lazkiyaning sharqiydagi tog’ guruhidan yoki Hama qishloq hududidagi Karim hududiga uyushtirildi deya taxmin qilinmoqda.

Rejim kuchlari, ayni nuqtaga  29- aprelda, 4 va 12 mayda  hujum uyushtirgan edi.

TQK, Astana bitim doirasida Idlib tarangligini  kamaytirish hududiga sulhni himoya qilish uchun qurgan 12ta kuzatish nuqtasi mavjud.

Bahs mavzusi nuqtalarning bir necha kilometr qarshisida Bashshar Asad rejim unsurlari va Eron himoyali xorijiy terrorist guruhlar joylashgan.

Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Rejim , #Kuchlari , #Hujum

Aloqador xabarlar