Vengriyada Dunay daryosida kater fojiasi ro’y berdi
Fojiada 7 kishi halok bo’lgan, 7 kishi qutqarilgan, 21 kishi bedarak yo’qolgan.
Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Dunay daryosida kater fojiasi ro’y berdi.
Fojiada 7 kishi halok bo’lgan, 7 kishi qutqarilgan, 21 kishi bedarak yo’qolgan.
Katerda janubiy koreyalik 33 sayyoh va ekipajning 2 a'zosi bo‘lgan. Ulardan 7 nafari qutqarib qolingan. Bedarak yo’qolgan 21 kishi qidirilmoqda.
Bu voqea 29 may kechki vaqt sodir bo’lgan. Sayyohlarga to’la kater qarshi yo’nalishdan kelayotgan boshqa kater bilan to’qnashib ketgach, cho’ka boshlagan.
Favqulodda xizmatlar boshqarmasi kotibi Pal Gyorfi ma’lum qilishicha, fojiada omon qolgan 7 kishi shifoxonaga yotkizilgan.
Kecha oqshom sodir bo’lgan fojiadan so’ng 7 kishining jasadi suvdan olib chiqilgan.
Qidiruv-qutqaruv faoliyatlariga politsiya va o’t o’chirish xizmati xodimlari ham ishtirok etmoqda. Keyinchalik qutqaruv guruhiga askarlar ham qo’shilgan.
Ular fojiada bedarak yo’qolgan 21 kishini qidirmoqda.
Xavfsizlik bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, suvga g’arq bo’lgan kemani sohilga chiqarish uchun faoliyatlar boshlangan.