Venesuelada mahbuslar politsiyaga qarshi hujum qildi va oqibatida 23 mahbus jon berdi

Venesueladagi qishloqlardan biridagi politsiya markazida olib o’tirilgan mahbuslar, qochish uchun qo’lga kiritgan qurollar orqali politsiya xodimlariga hujum qildi va oqibatida toqnashuv kelib cihqdi.

1207938
Venesuelada mahbuslar politsiyaga qarshi hujum qildi va oqibatida 23 mahbus jon berdi

Venesueladagi politsiya markazlaridan birida olib o’tirilgan mahbuslarning, politsiya xodimlariga hujum qilib, ortidan qochishga urinishi oqibatida kelib cihqqan to’qnashuvda kamida 23 mahbus jon berdi.

Venesuela matbuotida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra, Portuguesa shtatiga qarashli qishloqlardan biridagi politsiya markazida olib o’tirilgan mahbuslar, qochish uchun qo’lga kiritgan qurollar orqali politsiya xodimlariga hujum qildi.

Kelib chiqqan to’qnashuvda kamida 23 kishining jon berganligi, jon berganlardna tashqari 19 nafar politsiya xodimining tan jarohati olganligi qayd etildi.

Voqea haqida rasmiylar tomonidan hech qanday bayonot berilmas ekan, jon berganlar soni va makon haqida turli iddiolar o’rtaga otildi.

Ba’zi ommaviy axborot vositalari to’qnashuvning qamoqxonalardan biridagi isyon ko’tarish tashabbusi tufayli yuz berganligini va voqeada 29 nafar mahbusning jon berganligi haqida xabar tarqatdi.



Aloqador xabarlar