Tojikistonda o‘ta xavfli mahbuslar saqlanadigan qamoqxonada isyon ko'tarildi

DEAShga aloqadorlikda ayblangan mahkumlar saqlanadigan qattiq rejimdagi qamoqxonada yuz bergan isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus halok bo’ldi.

1204354
Tojikistonda o‘ta xavfli mahbuslar saqlanadigan qamoqxonada isyon ko'tarildi

 

Tojikistonda DEAShga aloqadorlikda ayblangan mahkumlar saqlanadigan qattiq rejimdagi qamoqxonada yuz bergan isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus halok bo’ldi.

Bu haqda Tojikiston adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bu voqea 19 may, yakshanba kuni poytaxt Dushanbe  yaqinlaridagi qamoqxonada ro’y bergan. DEAShga a’zo bo’lgan mahkumlar uch nafar qo’riqchi bilan o’z safdoshlaridan 5 kishini pichorlagan. Bu voqeadan so’ng qamoqxonadagi mahkumlar orasida isyon ko’tarilgan. Isyonni bostirish uchun qamoqxonaga xavfsizlik kuchlari yetib kelishgan. Ular 24 nafar mahkumni o’ldirgan va qamoqxonada takror sukunat o’rnatilgan.

Bu qamoqxona Tojikiston Adliya vazirligi tasarrufida bo’lib, unda qariyb 1500 nafar o‘ta xavfli mahbuslar saqlanadi.

Ma’lumotga ko’ra, qamoqxonada isyon chiqarganlardan biri DEASh qo’mondonlaridan Gulmurod Xalimovning o’g’li Behruz Gulmurot ekanligi aniqlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #qamoqxonada isyon , #DEASh

Aloqador xabarlar