DEAShning Kerkukdagi hujumi, 6 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo’ldi

DEASh terror tashkiloti 2014-yilning iyun oyida Musul bosh bo’lish bilan birga Iroq tuproqlarining uchdan bir bo’lagini bosib olgandi.

1202264
DEAShning Kerkukdagi hujumi, 6 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo’ldi

Iroqning Kerkuk shahrida DEASh terror tashkiloti tomonidan Federal politsiya kuchlariga qarshi uyushtirilgan ikki boshqa hujum oqibatida 6 nafar politsiya xodimi jon berdi.

Kerkuk operatsiyalari qo'mondoni general-leytenant Saad Harbiya, DEASh terror tashkilotining xavfsizlik kuchlariga qarshi uyushtirgan ikki boshqa hujumi oqibatida 6 nafar politsiya xodimining jon berganligini ma’lum qildi.

Birinchi hujumda Kerkukning janubidagi Riyad shahrining Aleviye qishlog’i yaqinida patrullik qilayotgan politsiya xodimlariga qarshi hiyla ishlatilganligini eslatib o’tgan Harbiya, avtomatik quroldan foydalanilgan hujum oqibatida 4 nafar politsiya xodimining jon berganligini ifoda etdi.   

Saad Harbiya, Kerkukning Reshad shahriga qarashli Telsuse qishlog’i yaqinida yuz bergan ikkinchi hujumda esa politsiya xodimlari tomonidan patrullik xizmati o’talayotgan bir vaqtda, yashirin ravishda yo’lda yotgan terroristlar tomonidan uzilgan o’q oqibatida, 2 nafar politsiya xodimining jon berganligini qayd etdi.

Harbiyaning qayd etishicha hujumlar yuz bergan hududda, keng ko’lamli amaliyot boshlatilgan.

DEASh terror tashkiloti 2014-yilning iyun oyida Musul bosh bo’lish bilan birga Iroq tuproqlarining uchdan bir bo’lagini bosib olgandi.

Iroq xavfsizlik kuchlari 2017-yilning dekabr oyida, yuqorida nomi tilga olingan hududning yirik qismini qaytarib olgan.

DEASh terror tashkilotining shahar markazlari va boshqa turar-joy punktlaridagi hujum xavfi kamaytirilishiga qaramay tashkilot, qishloq joylarda vaqti-vaqti bilan hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar