Xuan Guaydo AQShdagi vakiliga AQSh Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishni maslahat berdi

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo poytaxt Karakasning Baruta dahasida o’tkazilgan namoyishda tarafdorlari bilan uchrashdi.

1199521
Xuan Guaydo AQShdagi vakiliga AQSh Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishni maslahat berdi

 

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo AQShdagi vakiliga AQSh Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilish xususida uchrashishga ko‘rsatma berdi.  

Guaydo poytaxt Karakasning Baruta dahasida o’tkazilgan namoyishda tarafdorlari bilan uchrashdi.

“Alfredo Sadel” maydonida o’tkazilgan namoyishga bu safar juda ozchilik qatnashdi.

Guaydo namoyishda AQShdagi vakili Karlos Vekkoga AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi rahbari admiral Kreyg Foller bilan uchrashishga ko‘rsatma berganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, mamlakatda kolumbiyalik qurolli isyonchi Milliy ozodlik qo’shini (ELN) bilan kubaliklar bo’y ko’rsata boshlaganligini va ularning mamlakatdagi faoliyati ishg’oldan darak berganligini iddao qildi.

AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi 9 may kuni tvitterda admiral Kreyg Follerning Venesuela Qurolli kuchlari safidagi Guaydo tarafdorlari bilan uchrashish uchun Guaydodan taklif kutayotganligini ma’lum qilgandi.

Guaydo shuningdek, Kolumbiya davlat rahbari Ivan Duke bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini ma'lum qilgan.

Eslatma: 30 aprel kuni Guaydo boshchiligida bir guruh harbiylar hukumatga qarshi isyon ko‘tardi va namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar vaqtida yuzdan ortiq kishi jarohatlandi, besh kishi halok bo‘ldi. 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Xuan Guaydo , #Karakas , #AQSh

Aloqador xabarlar