Bog’doddagi xudkushlik hujumida jon berganlar soni ortdi

Iroq poytaxti Bog’dodda uyushtirilgan xudkushlik hujumida jon berganlar soni ortdi.

1198586
Bog’doddagi xudkushlik hujumida jon berganlar soni ortdi

Iroq poytaxti Bog’dodda uyushtirilgan xudkushlik hujumida jon berganlar soni 7 nafarga yetdi.

Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra xudkush ustidagi bombani, Bog’dod shahrining sharqida joylashgan Sadr tumaniga qarashli al-Jamila mahallasida o’rin olgan bozorda portlatgan.

Hujum oqibatida 7 kishining jon berganligi qayd etildi.

Avvalgi bayonotlarda, hujum oqibatida faqatgina 1 kishining jon berganligi, 8 kishining tan jarohati olganligini ifoda etilgandi.

Bog’dodda oxirgi oylarda terror va hujumlar to’xtatilib, barqarorlik ta’minlangandi.



Aloqador xabarlar