Tolibon Afg’onistonda yana hujum uyushtirdi

Tolibon Afg’onistonda yana hujum uyushtirar ekan oqibati 5 nafar xavfsizlik xodimining umriga zomin bo'ldi.

1198286
Tolibon Afg’onistonda yana hujum uyushtirdi

Afg’onistonning shimolida, politsiya uchastkasiga qarshi Tolibon a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 5 nafar xavfsizlik xodimi jon berdi.  

Balx viloyat Milliy politsiya idorasi direktori matbuot kotibi Adilshah Adil tomonidan matbuotga berilgan bayonotga ko’ra Tolibon a’zolarining Hulumdagi politsiya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirishi ortidan to’qnashuv kelib chiqqan.

Mazkur to’qnashuvda 5 nafar xavfsizlik xodimining jon berganligini ifoda etgan Adil, jon berganlardan tashqari 6 nafar xavfsizlik xodimining tan jarohati olganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Adil, to’qnashuvda Tolibon a’zolarining ham yo’qotishga uchraganligini qayd etdi.

Tolibon hali hanuz bayonot bermadi.

 



Aloqador xabarlar